Toshkent shahar pegagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasida bugungi kunda 6 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘quv ishlari. Kafedrada 3 ta shtat mavjud bo‘lib, yanvar-aprel oyi holatida 6 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2 nafari fan nomzodi, v.v.b.dotsent. Qolgan 4 nafari katta o‘qituvchi.
B.A.Supiyeva 1shtat birligida, G‘.Eshmanov 1 shtat birligida faoliyat olib bormoqda. Ingliz tili, rus tili va adabiyoti (o‘zb.), rus tili va adabiyoti (rus.) fanlari bo‘yicha 4 nafar soatbay faoliyat olib boradi. Ularning bir nafari f.f.n., qolganlari katta o‘qituvchi lavozimida.
Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning 2 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan, bir qator professor-o‘qituvchilar ilg‘or ish tajribalari Respublika miqyosida ommalashtirilgan.
Pedagog kadrlar ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, ilmiy daraja va unvonlari o‘qitayotgan fanlariga mos keladi.
G‘.Eshmanov – filologiya fanlari nomzodi, v.b.dotsent. O‘zbekiston teleradio kompaniyasining “Ma’naviyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi” teleko‘rsatuvlarida shuningdek, “Mahalla” radio kanalida ekspert sifatida faoliyat olib boradi. Hozirgi kunda Eshmanov Gafur Jo’rayevich Berlin, Germaniyaning “Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development” ilmiy jurnalining 2022-yil iyul oyidan boshlab tahririyat a’zosi hisoblanadi.
B.Supiyeva — mustaqil izlanuvchi. Ilmiy ish mavzusi “Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning internet texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish” (PhD). Ilmiy rahbar A.S.Abdullayeva. Dissertatsiya tayyorlangan. Ilmiy-metodologik seminardan o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilgan ishlar Facebook, Instagram, YouTube ijtimoiy tarmoqlarida berib boriladi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari fandagi innovatsiyalarni tez o‘zlashtirib, uni ta’lim jarayoniga olib kirishda faoldirlar.
Ularning QR texnologiyasi, VR texnologiyasi hamda innovatsion nazorat turlari bo‘yicha olib brogan ishlari Respublika miqyosida ommalashtirilgan va amaliyotga joriy etilgan.
Xususan, Internet texnologiyalaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha kitobxolikni shakllantirishning innovatsion usulida “Qalbim ko‘zgusi” nomli O‘zbekistonda ilk bor QR kodli she’riy to‘plam chop etildi. (Asos: O‘z.Resp. Prezidenti raisligidagi 2019-y. 12-iyun. 23-sonli majlis bayoni. 153-bandi. № 13307 – HH.).
Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo‘ylab “3D” virtual sayohat “Farhod va Shirin” va “Layli va Majnun” dostonlari syujeti asosida Koreya IT mutaxassislari bilan hammualliflikda innovatsion kompyuter o‘yinlarini yaratishda yaratildi. (Asos: O‘z.Resp. Prezidenti raisligidagi 2019-y. 12-iyun. 23-sonli majlis bayoni.153-bandi. № 13307 – HH.) ilmiy ishlari e’lon qilinganligini e’trof etish mumkin.
Supiyeva Buxolida Abduvaliyevna
“Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri
Eshmanov G‘afur Eshmonovich
Katta o‘qituvchi