Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi
Faoliyati: Hududiy markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida faoliyat olib boradi. Taʼlim turi: qayta tayyorlash va malaka oshirish Faoliyat yoʻnalishi: umumiy oʻrta va maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Hududiy markazda 5 ta kafedra va 4 ta boʻlim mavjud boʻlib, jami xodimlar soni 98 nafarni tashkil etadi. Professor-oʻqituvchilar 53 nafar (oʻrindoshlar 25 nafar), boʻlimlarda 21 nafar va texnik xodimlar 24 nafar.