“Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fankar metodikasi” kafedrasining vazifalari quyidagilardan iborat:
Kafedra yo‘nalishidagi pedagog xodimlarning kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamionaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish hamda mustaqil fikrlash koʻnikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish; oʻz pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish koʻnikmalarini shakllantirish; ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarni singdirish, shuningdek, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish koʻnikmalarini shakllantirish;
“Uzluksiz kasbiy rivojlanish” maxsus elektron platformasi orqali pedagog xodimlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzishda ishtirok etish; pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish;oliy ta’lim muassasalari kafedralari, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bilan oʻzaro integratsiyani ta’minlash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
Kafedraning zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi :
a) Pedagog xodimlarning kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish hamda mustaqil fikrlash koʻnikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish boʻyicha;
xalq ta’limi xodimlarining metodik ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etadi hamda ular boʻyicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratadi;
buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha pedagogik xodimlarning kasbiy ehtiyojlari asosida ta’lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib boradi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining samarali shakllarini joriy etish, ilmiy va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqadi.
b) Oʻz pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha;
ta’limning ilgʻor shakl va usullari, zamonaviy ta’lim va axborot-komunikatsiya texnologiyalarini malaka oshirish jarayoniga joriy etish asosida pedagog xodimlarning kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishni tashkil qiladi.
d) Ilmiy-pedagogk ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarini singdirish, shuningdek, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda oʻquv-metodik ishlarni olib borish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha;
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ta’lim dasturlarini takomllashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda oʻquv-metodik ishlarini olib borish koʻnikmalarini rivojlantiradi; pedagogika sohasida erishilgan ilmiy tadqiqot natijalarini qayta tayyorlov va malaka oshirish jarayoniga oʻz vaqtida joriy etishni ta’minlaydi;
e) Pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish boʻyicha; oʻquv-tarbiya jarayoning amaliyot bilan oʻzaro samarali hamkorligini ta’minlaydi, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashgʻulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etadi; professor-oʻqituvchilarning yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy izlanishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratadi; professor-oʻqituvchilari uchun dolzarb mavzular boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etadi.
f) Oliy ta’lim muassasalari kafedralari, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari bilan oʻzaro integratsiyani ta’minlash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha:
innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni, masofadan oʻqitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etadi; qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv jarayoniga shartnoma asosida mamlakatning boshqa oliy ta’lim muassasalari yuqori malakali pedagog kadrlarni va xorijiy mutaxassislarni keng jalb etishni ta’minlaydi.
Xakimova Dildora Mashrabjanovna
“Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fankar metodikasi” kafedrasi mudiri
Umarova Inobat Primovna
Katta o`qituvchi
Yunusov Laziz Erkinovich
dotsent v.b