- Har bir tinglovchi haftaning o‘qish kunlari (yakshanbadan tashqari) 9-00 dan 13-40 gacha hududiy markazga o‘qishga kelishi shart. Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ishtirok etishi lozim. 18 soat (3 kun) sababsiz dars qoldirgan tinglovchi kursdan chetlashtiriladi va bu haqida ish joyiga xabar qilinadi.
- O‘quv mashg‘ulotlari davomida uyali aloqa vositasidan foydalanish, hududiy markaz binosida telefonni man etiladi (Vazirlar Mahkamasining 23.05.2011 yildagi “O‘quv muassasalarida uyali aloqa vositalaridan foydalanish qoidalari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq).
- Hududiy markaz hududida chekish qat’iyan taqiqlanadi.
- O‘quv mashg‘ulotlariga bolalar (farzandlari) bilan kelish mumkin emas.
- O‘quv mashg‘ulotlariga soat 9:00 dan kech qolmasdan kelishlari kerak. (kech qoluvchilar nazoratga olinadi va kech qolgan juftlikni qayta o‘zlashtirib, o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limiga topshiradilar aks holda ularning ro‘yxati markaz direktoriga va ish joyiga ma’lum qilinadi).
- Tanaffuslar oralig‘ida o‘quv mashg‘ulotlariga kechikmasdan kirish talab etiladi.
- Har bir tinglovchilardan auditoriyalar tozaligiga e’tibor berishlari talab etiladi.
- Tinglovchilar hojatxonadan foydalanish gigiyenasi qoidalariga qattiq rioya qilishlari kerak.
- Kiyinish madaniyatiga rioya qilish, ya’ni klassik uslubda kiyinish talab etiladi. (jinsi, kalta, tor, ochiq va diniy kiyimlarda hududiy markazga kelish taqiqlanadi).
- Tinglovchi malaka oshirish kurslari davomida qoldirilgan dars soatlarini tegishli modul yakunida o‘zlashtirishi lozim. Qoldirilgan dars soatlarini o‘z vaqtida (3 kun) ichida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limiga murojat qilib, o‘zlashtirish varag‘ini oladi va o‘zlashtirib topshiradi. O‘z vaqtida (3 kun muddatda) o‘zlashtirmagan tinglovchilar chiqish test sinovlariga qo‘yilmaydi.
- Tinglovchi kela olmasligini ko‘rsatgan holda 1 kun oldin direktor muoviniga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi (arizada guruh murabbiysi imzosi bo‘lishi shart) va 3 kun ichida o‘zlashtirib, o‘zlashtirish varag‘ini o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limiga topshiradi.
- Tinglovchi chiqish testlariga kirishdan oldin fuqarolik pasportini havola etishi shart. Tinglovchi chiqish testini topshiraolmasa, direktor muoviniga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi va qayta topshirishga bir marotiba ruxsat beriladi.
- Har bir o‘quv xonalarida videokuzatuv olib boriladi va o‘quv jarayoni nazorat qilinadi.
- Har bir tinglovchi tashedu.uz platformasidan mustaqil foydalanishni bilishi va u yerda joylashgan o‘quv uslubiy majmualardan unumli foydalanib, mustaqil ta’lim olishi kerak.